Obyektiv nigohida Badbo'y hid, noxush manzaralari

Obyektiv nigohida  Badbo'y hid, noxush manzaralari
Nurobod emas, Chiqindizor...
Atrof-muhitga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sabablar qatorida maishiy chiqindilar shubhasiz katta o‘rin tutadi. Salomatlik tuman boylik, deyishlari bejiz emas. Sog‘lig‘imiz-boyligimizni asrash uchun esa shubhasiz, atrof-muhitni ifloslantiruvchi omillar, xususan, maishiy chiqindilar to‘plash joylarini toza tutish, chiqindilarni yig‘ish,  olib ketish, zararsizlantirish kabi ishlarni olib borish talab etiladi. Qolaversa, bu jarayonda aholining ekologik madaniyatini oshirish ham muhim o‘rin tutadi.Ob’yektivimizni  tuman markazi hisoblangan Nurobod shaharchasiga qaratdik. Ko‘p qavatli turar joylar va savdo shoxobchalari yaqinida joylashgan ushbu chiqindi nuqtasining  yaqiniga yo‘lab bo‘lmaydi.Yomon qo‘rqdim, yomon qo‘rqdim-ey!
Ko‘p qavatli uylar atrofi, chiqindixonada itlar g‘ujg‘on. Bolaligimdan itdan qo‘rqaman. Chiqindixonani suratga olayotganimni ko‘rgan itlar orqamdan ergashishsa, deng. Katta yo‘lgacha izma iz borishdi. Bu yerda yashovchi bolalar va kattalar qo‘rqishmas ekanmi? Ammo men juda qo‘rqdim. Axir, it qopmas, ot tepmas dema, deydilarku? 
19-uyning tarovati
Tuman moliya va iqtisodiyot bo‘limi bilan Yoshlar markazi oralig‘idagi keng maydonda joylashgan 19-ko‘p qavatli uyda yashovchilarga sabr tilaymiz. Uy atrofi ko‘kalamzorlashgan, fayzli (3-rasm). Ammo, uy orqasidagi chiqindi qutilaridan taralayotgan badbo‘y hidga chidash qiyin. Chiqindi idishidan to‘lib-toshmagan bo‘lsa-da, yumshoq chiqindilardan sizib chiqqan “Yuvindi suyuqlik – “ko‘lmakcha” dimoqni yorgudek...
Bolalarning bo‘yi yetmaydi...
19-uydan teparoqda ko‘p qavatli uylar ro‘parasidagi manzara ham jozibasiz. Keng, mo‘l chiqindi makoni bo‘lsa-da, duch kelgan joyga chiqindi tashlangan . Maxsus chiqindi qutilari deyarli bo‘sh. Ammo yoniga chiqindi to‘kilgan. Chamasi bir yarim metr balandlikdagi chiqindi og‘ziga bolalarni bo‘yi yetmagan. Hurmatli ota-onalar, shu yumushni o‘zingiz qilsangiz bo‘lmaydimi? Ko‘rmaysizmi? Bolangizni maxsus chiqindi qutisiga bo‘yi yetmaydi.
“Afsona”dagi kashfiyot
Odatda chiqindi qutilari chekkaroq joylarga qo‘yiladi. Xalqaro yo‘l bo‘yida joylashgan  “Afsona” choyxonasida  chiqindi qutilari katta yo‘l yuzida savlat to‘kib turibdi . Darvoqe, atrof-muhit tozaligi, iqlim musaffoligi  shu hududning turistik jozibadorligini  oshirishga xizmat qiladi. Qadim Buyuk Ipak yo‘li , Toshkent –O‘sh xalqaro yo‘l tarmog‘iga tutash tumanimiz markazidagi bu “kashfiyot” tumanning turizm salohiyatini oshiradimi yo tushiradimi?...
Darvoqe, siz kimsiz deb so‘rasangiz, men Kimsan...


Shoira To‘laganova
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-