Buxoroda gaz quvurlaridan kondensat o‘g‘irlashga urinishdi

Buxoroda gaz quvurlaridan kondensat o‘g‘irlashga urinishdi
Buxoroda gaz quvurlaridan kondensat o‘g‘irlashga urinishdi

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli jami 41 ta yo‘nalish bo‘yicha 483 kilometr masofada joylashgan ishlab chiqarish ob’yektlari Moliyaviy va komplayens nazorat departamentining mutaxassislari tomonidan to‘liq ko'zdan kechirildi.
O‘rganish davomida Departament xodimlari tomonidan quyidagilar aniqlandi:
- 4 ta holatda gaz quvurlaridan tabiiy gaz sizib chiqishi aniqlanib, shundan 2 tasi joyida bartaraf etildi;
- gaz kondensatini talon-toroj qilish maqsadida quvurlarga xomut o‘rnatilgan 7 ta holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga topshirildi.
Shuningdek, «Qulbeshkak» 1-sonli sexga qarashli «Gʻarbiy – Gazli gazni qayta ishlash zavodi» yo‘nalishi quvuridagi shubhali joy tekshirib ko‘rilganda gaz quvurining yon qismiga xomut o‘rnatilib, o‘g‘irlik uchun zamin yaratilgani fosh etildi, deya xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-