Xatirchida tibbiy ko'rik tashkil etildi
Xatirchida tibbiy ko'rik tashkil etildi
Xatirchi tumanining "Novja" mahallasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan fuqarolarning salomatligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida navbatlagi tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda mobil brigada, UZI, EKG, sayyor mammagrafiya, mabil ko‘zni tekshiruv apparatlari jalb etildi.
Viloyat va tuman davolash profilaktika muassasalarining yetakchi tor soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur ko‘rikda 600 nafarga yaqin fuqaro tibbiy nazoratdan o‘tkazildi.
Shundan 4 nafar fuqaroga viloyat tibbiyot muassasasiga hamda 14 nafar bemorga tuman markaziy shifoxonasi bo'limlarida davolanishi uchun yo'llanmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bir qatorda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, unda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik darajasini oshirish, tamaki va alkogol maxsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish, yuqumsiz kasalliklardan asrash hamda oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berib borilmoqda.