Nikoh yoshiga yetmagan farzandini erga berish yoki uylantirish qancha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi?
Nikoh yoshiga yetmagan farzandini erga berish yoki uylantirish qancha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi?
O‘zbekistonda nikoh yoshiga yetmagan farzandini turmushga bergan ota-ona javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Adliya vazirligi eslatib o‘tdi.
Maʼlum qilinishicha, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoki uylantirish 4 million 950 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.
“Ushbu qilmish maʼmuriy jarima qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.