“Tashabbusli budjet”da ovoz berishda fuqarolarni identifikatsiya qilish tartibi joriy etilishi mumkin

“Tashabbusli budjet”da ovoz berishda fuqarolarni identifikatsiya qilish tartibi joriy etilishi mumkin
“Tashabbusli budjet”da 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024—2026-yillar uchun Budjetnomada keltirilgan.
Unga ko‘ra, “Ochiq budjet” axborot portaliga 2023-yilda kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish xarajatlariga 2024-yil davlat budjeti loyihasida mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan.

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ovoz berishda fuqarolarni identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-