Nodirbek Abdusattorov jahon chempionini mag'lub etdi
Germaniyada shaxmat bo‘yicha «Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turnirining asosiy bosqich bahslari boshlandi.
Musobaqada dunyoning 8 nafar kuchli grossmeysteri ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chorak finalda xitoylik 2023 yilgi jahon chempioni Ding Lirenga qarshi dona surib, g‘alabaga erishdi.
Bugun ular o‘rtasida javob o‘yini o‘tkaziladi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib yarim finalga yo‘l oladi.