Xodim xizmat safariga jo'natilganda qaysi xarajatlar qoplab berilishi kerak?
Xizmat safariga yuborilgan taqdirda ish beruvchi xodimga quyidagilarni qoplashi shart:
◽️yo‘lkira xarajatlari;
◽️turar joy ijarasi xarajatlari;
◽️doimiy yashash joyidan tashqarida yashash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar (sutkalik);
◽️xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.
Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash miqdorlari jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjat bilan belgilanadi.
Bunda xarajatlar o‘rnini qoplash miqdori byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlardan kam bo‘lishi mumkin emas.