Turk kompaniyasi Jizzaxda bug'- gaz elektr stansiyasini qurmoqchi

Turk kompaniyasi Jizzaxda bug'- gaz elektr stansiyasini qurmoqchi
Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi Turkiyaning «Cengiz enerji san.ve TIC A.Ş.» va loyiha kompaniyasi bo‘lgan «Cenergo» MCHJ bilan Jizzax viloyatida quvvati 550 MVt ga teng bug‘-gaz elektr stansiyasini quradi.
Bu boradagi Investisiya shartnomasi uchala tomon ishtirokida 2023 yil 14 sentyabrda imzolangan.
Shartnomaga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi bug‘-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilish uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash bo‘yicha jami 500 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qiladi.
O‘z navbatida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Loyiha kompaniyasidan 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi.
Investisiya loyihasini amalga oshirish uchun Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidagi 9,54 gektar yer uchastkasi tanlab olingan. 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning AKSA Enerji kompaniyasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400MVt bo‘lgan gaz porshenli elektr stansiyasi qurishi haqida xabar berilgan edi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-