Peshko'da "Yashil makon" loyihasi qizg'in davom etmoqda
Maʼlumki, ayni kunlarda yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida koʻchat ekish tadbirlari qizgʻin tus olgan.
Xususan, Buxoro viloyatining Peshko' tumanida ham loyihaning kuzgi mavsumida ko'chat va qalamchalar ekilmoqda.
Tumanning bir qancha mahallalaridagi yoshlar yetakchilari jamoasi bo‘sh turgan 4 sotix yer maydoniga 200 dan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.