Tadbirkorlarga yana bir yengillik berildi

Tadbirkorlarga yana bir yengillik berildi
Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar kuni aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Ma’lumki, bu yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Biznesni yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsad qilingan. Shu paytgacha tadbirkorlardan mavjud ma’lumotlarni qo‘shimcha ravishda talab qilish holatlari bor edi. Joriy yildan boshlab 34 turdagi hisobotlar bekor qilinmoqda. Buning natijasida har yili 21 mingdan ortiq tadbirkorning 500 million so‘m xarajati tejaladi.

O‘zi umuman, tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlanmagan. Shu bois davlat rahbari yagona hisobotlar tizimini joriy qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, tadbirkorlarga majburiy talablarni qisqartirish maqsadida 16 ta litsenziya va ruxsatnomani bekor qilish lozimligi belgilandi. Bu borada berilayotgan yengilliklarni tadbirkorlarga yetkazish, ularning takliflarini doimiy o‘rganib, statistik hisobotlarni yanada maqbullashtirib borish vazifasi qo‘yildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-