O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi

O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi
O‘zbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vazirlik tashabbusi bilan endi O‘zbekistonda chiqindi tashishda elektrda yurishga mo‘ljallangan texnika vositasidan foydalaniladi. Elektromobil Eko House chiqindi klasteri tomonidan Xitoydan keltirildi.
Mashina to‘liq quvvatda 300 kilometr masofani bosib o‘tadi. Bu esa kun davomida aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib, maxsus poligonlarga tashish imkonini beradi. Shuningdek, 3 tonnagacha yukni bemalol ko‘tara oladi.
Elektromobil dastlab Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi. Eʼtiborli tomoni, u tor ko‘chalarda ham yurishga mo‘ljallangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-