Mahalla raisi maktablarda dars sifatini tekshirishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 6-bandida umumta’lim maktablarini tekshirish, nazorat qilish asoslari va tartibi belgilangan bo‘lib, ular qatorida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hamda uning tekshirish asoslari belgilanmagan.
Undan tashqari “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun 11-moddasida fuqarolar yig‘inining vakolatlari belgilangan bo‘lib, ular qatorida maktablar faoliyatini, undagi ta’lim sifatini nazorat qilish vakolati mavjud emas.
Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:
–fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha;
–mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu holat bo‘yicha maktab rahbari mahalla raislarining harakatlari ustidan prokuraturaga yoki IIBga shikoyat qilsa, ularga yuqoridagi norma bilan javobgarlik chorasi qo‘llanilishi mumkin.