Xonanda shoirga 30 mln soʻm  pul toʻlaydimi?

Xonanda shoirga 30 mln soʻm  pul toʻlaydimi?
Xonanda shoirga 30 mln soʻm  pul toʻlaydimi?

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir B. Fazliddin ariza bilan murojaat qilib, xonanda A. Shermatov tomonidan xech qanday ruxsatsiz shoirga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” nomli toʻplamidagi, “Ayyor doʻstlarim” she’ridan foydalanib qoʻshiq kuylagani, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni, mualliflik huquqini himoya qilishni soʻragan.
Shoirning murojaati adliya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda oʻrganib chiqildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudining qaroriga asosan, xonanda A.Shermatov mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi. Unga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.

Shoir B.Fazliddin foydasiga Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining hal qiluv qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, xonandadan shoir foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari, yaʼni 30 million soʻm tovon puli undiriladigan boʻldi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-