Toshkentda ichida 11 kishi bo‘lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketdi 

Toshkentda ichida 11 kishi bo‘lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketdi 
Toshkentda ichida 11 kishi bo‘lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketdi

Toshkent shahar Yangihayot tumanida ichida 11 kishi bo‘lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketdi. FVV holat yuzasidan ma‘lumot berdi. 
Unga ko‘ra, holat 18-iyun 16:15 larda Toshkent shahar Yangi hayot tumani “Yangi Darxon” MFY, Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Yuk tashish uchun mo‘ljallangan lift yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagan. 

Natijada liftda bo‘lgan 11 nafar fuqaro turli darajada yengil tan jarohati olib, RSHTYoIMga olib ketilgan. Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqaroga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea joyiga FVV xodimlari, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura hamda SSB xodimlari chiqqan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-