Qashqadaryoda erkak begona ayol yuziga shisha idishni otib, unga jarohat yetkazdi

Qashqadaryoda erkak begona ayol yuziga shisha idishni otib, unga jarohat yetkazdi
Qashqadaryoda erkak begona ayol yuziga shisha idishni otib, unga jarohat yetkazdi 

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi “Karavan” nomli oshxonada oʻtirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi  fuqaro R. D. va uning tanishlari oʻtirgan oshxona stoliga kelib oʻtirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun moʻljallangan shisha idishni otgan.

Natijada shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda boʻyin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-