Surxondaryoda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sabab ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir inson esa jarohatlangan

Surxondaryoda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sabab ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir inson esa jarohatlangan
Ma’lum qilinishicha, 19-oktyabr kuni soat 09:30 larda Denov tumanidagi gaz "zaprvaka"da “Vaz 2106 Jiguli” rusumli avtomobilning yukxonasiga joylashtirilgan metan gaz ballonining yoniga qo‘lbola usulda qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan propan gaz balloni bosimga bardosh bera olmaganligi oqibatida portlab ketgan.
Portlash oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, "Jiguli" haydovchisi esa tan-jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Vafot etganlarning biri "zapravka" ishchisi, ikkinchisi esa navbatda turgan haydovchilardan biri bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mashinaga ham metan ham propan gaz ballonlari o‘rnatilgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-