Yerusti metrosi ostidagi yerlar sotuvga qo‘yildi

Yerusti metrosi ostidagi yerlar sotuvga qo‘yildi

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, yerusti metro liniyalari ostidagi foydalanilmayotgan yerlarning umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etib, uning kamida 50 foizi tadbirkorlar uchun qo‘shimcha daromad nuqtasiga aylanishi mumkin.
“Ushbu binolarni sotib olish yoki ijaraga olish narxi turarjoy majmualarining birinchi qavatlaridagi noturarjoy obyektlariga nisbatan ancha hamyonbop bo‘ladi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi bergan xabarda.
Sinov tariqasida o‘tgan yilning o‘rtalarida 2-metro bekati yaqinida tijorat binolari ochildi. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, uni 3- va 4-bekatlar oralig‘ida — aholi zichroq joylashgan hududlarda amalga oshirishga qaror qilingan.
Keyinchalik birinchi bosqichda “Rohat” aylanma yo‘ligacha, ikkinchi bosqichda esa “Rohat” aylanma yo‘lidan “Qo‘yliq” bozorigacha bo‘lgan obyektlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-