Oʻzbekiston tarixida qizlar oʻrtasidagi ilk jahon chempioni 100 mln soʻm mukofot bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston tarixida qizlar oʻrtasidagi ilk jahon chempioni 100 mln soʻm mukofot bilan taqdirlandi
Prezident qarori bilan Jahon chempioning murabbiyiga esa 50 mln soʻm ajratildi.
Italiyada boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida Samarqand shahridagi 42-umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Afruza Hamdamova muddatidan avval jahon chempioni boʻlgan edi.
Shu sababli, Prezident qaroriga asosan, Afruza Hamdamovaga 100 mln soʻm, uning murabbiyiga esa 50 mln pul mukofoti beriladi.
Maʼlumot uchun, Afruza Hamdamova Oʻzbekiston tarixida qizlar oʻrtasidagi ilk jahon chempioni boʻldi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-