Qashqadaryoda ish vaqtida bazm uyushtirgan shifokorlar javobgarlikka tortildi

Qashqadaryoda ish vaqtida bazm uyushtirgan shifokorlar javobgarlikka tortildi
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ish vaqtida bazm uyushtirgan tibbiyot xodimlari javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tarmoqlarda G‘uzor tumanida tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ish paytida tug‘ilgan kun nishonlashgani aks etgan video tarqalgan.
Mazkur holat mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, G‘uzor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi bo‘lim mudiri, bosh hamshirasi va ikki nafar navbatchi hamshirasiga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, — deyiladi mas’ullar izohida.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-