Gonkong virusi O‘zbekistonga kirib keldi(mi?)

Gonkong virusi O‘zbekistonga kirib keldi(mi?)
O‘zbekistonga Gonkong virusi kirib kelgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ushbu xabarlar borasida ma’lumot berdi.
AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘mitaning hududiy laboratoriyalari tomonidan bemorlardan olingan laborator tahlil natijalariga ko‘ra, grippning A (H3N2) turi aniqlanayotgani haqida xabar berildi.

Nurmat Otabekovning qayd etishicha, bu 1960-yil Gongkongda tarqalgan virus. O‘sha paytda bu H2N2 virusidan mutatsiya bo‘lib shakllangan virus sifatida tarqalgan. Bir necha sharq davlatlarida muammoli vaziyatlarni keltirib chiqargan. Hozir bu oddiy mavsumiy gripp virusi hisoblanadi va ishlab chiqarilgan bakteriyalarning barchasi ushbu virusga nisbatan samara ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda hozirgacha ishlatilgan 2 million 200 doza vaksina bevosita mana shu shtammga qarshi ishlaydigan vaksina. Bundan tashqari, yana uch turdagi vaksina mamlakatdagi xususiy emlash punktlarida mavjud. Ular ham bevosita bu yil mavsumiy tarqalishi kutilayotgan grippning aynan shu shtammiga qarshi ishlaydi.
“Shunday ekan, bundan jiddiy xavotir qilish, yoki o‘zimizdan vahimani yasab olishimizga hech qanday asosni ko‘rayotganim yo‘q. Bu oddiy, mavsumiy virus ekanini yana bir bor eʼtirof etib o‘tamiz”, — deydi Nurmat Otabekov.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-