Tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyati bosqichma-bosqich litsenziyalanadi
O‘zbekistonda viloyat va respublika darajasidagi barcha ko‘ptarmoqli shifoxonalarda umumiy boshqaruvni tibbiyot menejerlari tomonidan amalga oshirilishiga erishish rejalashtirilmoqda.
“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, birlamchi bo‘g‘in muassasalarining 30 foizi, viloyat muassasalarining 50 foizi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va respublika muassasalarining 70 foizi milliy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Har bir hududda kamida 1 ta viloyat/shahar muassasasi, 5 ta Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va respublika muassasalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Moliyalashtirish, dori-darmon, tibbiy buyum, jihoz va uskunalar taʼminoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda boshqaruvda mukammal bo‘lgan milliy tibbiy yordam tizimi shakllantiriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini bosqichma-bosqich litsenziyalash (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) nazarda tutilyapti.