O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va elektrobuslarni boshqarishi mumkin

O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va elektrobuslarni boshqarishi mumkin
O‘zbekistonda endi ayollar ham katta sig‘imli avtobus va elektrobuslarni boshqarish huquqiga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq hukumatning 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotdi. Ya’ni, mazkur normalarga muvofiq ayollar faqatgina yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni haydovchi sifatida boshqarishi mumkin edi. Mazkur normalar katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishda ayollarni jalb etish imkonini bermasdi.

Endilikda ayollarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi:
yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini boshqarish;
yo‘lovchilarning soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish.
Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qo‘shimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-