Madaniyat va san’at, kutubxona va muzey xodimlarning oyliklari oshiriladi
Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirish uchun alohida dastur qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Mutasaddilarga musiqa va san’at maktablari muallimlarining oyligini oshirish, ushbu maktablarning kommunal xarajatlarini byudjetdan qoplash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.
Umuman olganda, madaniyat va san’at, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oyliklari 2024-yil 1-apreldan 20 foizga, 2025-yil 1-yanvardan yana 15 foizgacha bo‘lgan miqdorda oshiriladi.
Комментарии (1)