Endi birovning ovozi va suratini oʻzgartirib tovlamachilik qilganlarga ham jazo belgilanadi
Jinoyat kodeksidagi (165-modda) tovlamachilik tushunchasiga oʻzgartirish kiritilib, sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bogʻliq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.Mobil qurilmalar hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarga zararli dastur yuborish yoʻli bilan bloklab (toʻsib) qoʻyish, maʼlumotlarini oʻchirib yuborish, oʻzgartirish yoki olib qoʻyish bilan qoʻrqitib shaxslardan pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish, shuningdek, maxsus dasturlar yordamida shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik maʼlumotlarini soxtalashtirish holatlari endi jazolanadi.