Davlat kadastrlari palatasi 2 yo'nalishda xalqaro ISO sertifikati bilan taqdirlandi

Davlat kadastrlari palatasi 2 yo'nalishda xalqaro ISO sertifikati bilan taqdirlandi
O'zbekiston Respublikasi  Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda sifat va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqladi!
Sertifikatlashtirish tekshiruvi natijalariga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasiga ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi va talablar”  hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo‘yicha talablar va ko‘rsatmalar" standartlariga muvofiq xalqaro va milliy sertifikatlar taqdim etildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-