Qashqadaryo viloyatida 17 yoshli o‘quvchi qizning to‘yi to‘xtatildi

Qashqadaryo viloyatida 17 yoshli o‘quvchi qizning to‘yi to‘xtatildi
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani erta nikohlar va maktab yoshidagi qizlarga nisbatan unashtiruv marosimlarini o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida o‘rganishlar o‘tkazdi.
22 — 23-dekabr kunlari Bola huquqlari bo‘yicha vakil — Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Koson, Kasbi va Ko‘kdala tumanlarida bo‘ldi. Uning ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda bugungi dolzarb va og‘riqli masala — erta nikoh holatlarini oldini olish va bu borada mas’ullar oldida turgan muhim vazifalar muhokama etildi. 
Shuningdek, Bolalar ombudsmani shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan voyaga yetmagan qizlarning turmushga berilgani haqidagi xabarlarni ham o‘rgandi. Holatlar tahlil qilindi.
Tashkil qilingan uchrashuvlarda farzandlarini erta turmushga bermoqchi bo‘lgan ota-onalar ham chaqirtirilib, ularga erta nikohning salbiy oqibatlari tushuntirildi. Bu holatlarga yo‘l qo‘ygan ota-onalar Ma’muriy va Jinoyat kodekslari bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi eslatildi.
Shuningdek, tumanlarda o‘rganish va tahlillar olib borildi. Bugun, 23-dekabr kunining o‘zida tuman hokimiyati bilan birgalikda Koson tumanidagi bir oila 17 yoshli qizining to‘yini belgilagani aniqlanib, to‘y va unga bog‘liq barcha marosimlar to‘xtatildi. FHDYo tomonidan qayd etilgan nikoh guvohnomasi bo‘lmay shar’iy nikoh o‘qigan diniy vakilni javobgarlikka tortilish choralari ko‘rildi. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom etadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-