Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqda "Cobalt" avtomobilining gaz balloni portlash holati aks etgan video tarqaldi.
Joriy yilning 24 dekabr soat 09:50larda fuqaro F.D o'z boshqaruvida bo‘lgan, “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan  Qiziltepa tumanidagi “Burger” kafesi oldidagi avto turargohda bo'lgan vaqtda avtomashinaga o‘rnatilgan “Metan gaz” baloni portlab ketishi natijasida haydovchi F.D va uning 3 yoshlik voyaga yetmagan farzandi R.Sh turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Voyaga yetmagan R.Shga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-